date
views 7 961

Rayhonning konsertiga qalbaki taklifnomalar tarqatilmoqda

Rayhonning konsertiga qalbaki taklifnomalar tarqatilmoqda

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘anievaning 20-24 fevral kunlari konsert dasturi taqdim etishi haqida xabar berilgan edi.

Konsertga tayyorgarlik ko‘rilayotgan ayni paytda dastur uchun qalbaki taklifnomalar tarqatilishi kuzatilmoqda. 27 dekabr kuni “Istiqlol” san’at saroyi xodimlari saroy yonida sotilayotgan qalbaki taklifnomalarni olib qo‘yishgan. Qayd etish joiz, bu kabi holat avvalgi yillarda ham kuzatilgan.

Konsert tashkilotchisi Proart kompaniyasi odamlarni aldanib qolmasliklari uchun ogohlantirib, qalbaki taklifnomaning ko‘rinishini e’tiboringizga havola etdi.

xabarda yozilishicha, haqiqiy taklifnomalar hali sotuvga chiqarilmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhonning konsertiga qalbaki taklifnomalar tarqatilmoqda