date

Wildberries avtomatlashtirilgan smart-PVZlar sonini koʻpaytirmoqda

Wildberries avtomatlashtirilgan smart-PVZlar sonini koʻpaytirmoqda

Wildberries marketpleysi 2026-yilga qadar toʻliq avtomatlashtirilgan buyurtma berish punktlari (PVZ) tarmogʻini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya asoschisi va Wildberries & Russ (RVB) rahbari Tatyana Kim maʼlum qildi. Hozirda ushbu formatdagi punktlar sinovdan oʻtkazilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Tatyana Kimning soʻzlariga koʻra, hozirda Moskvada ikkita shunday "smart-PVZ" faoliyat koʻrsatmoqda. Yil yakuniga qadar ularning sonini 10 taga yetkazish koʻzda tutilgan. Bu format ayniqsa megapolis aholisi uchun qulay boʻlib, buyurtmalarni kunning istalgan vaqtida tezkorlik bilan olib ketish imkonini beradi.

Mazkur punktlarning oʻziga xosligi shundaki, ular xodimlarsiz, toʻliq avtomatlashtirilgan rejimda va 24/7 formatida ishlaydi. Bu esa mijozlarga navbatlarsiz va vaqt cheklovlarisiz xizmat koʻrsatish darajasini oshiradi.

Wildberries bugungi kunda Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Armaniston va Oʻzbekiston kabi davlatlarda faoliyat yurituvchi yirik xalqaro marketpleys hisoblanadi. Platformada kiyim-kechakdan tortib, murakkab elektronika va maishiy texnikagacha boʻlgan millionlab turdagi tovarlarni xarid qilish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Wildberries avtomatlashtirilgan smart-PVZlar sonini koʻpaytirmoqda