
Britaniyalik qo‘shiqchi Adel 30 yoshgacha bo‘lgan eng boy qo‘shiqchilar va musiqiy soha vakillari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.
2014 yilda u 5 mln funt sterling ishlab topgan, uning umumiy boyligi esa 50 mln funt sterlingga teng.
The Daily Mail gazetasida yozilishicha, qo‘shiqchi oxirgi to‘rt yil ichida birorta albom chiqarmagan bo‘lsa ham, muntazam ravishda boyligini ko‘paytirib bormoqda.
Ikkinchi o‘rinni 25 funt mablag‘ga ega One Direction guruhi egallagan.
Eng boy qo‘shiqchilarning umumiy ro‘yxatida birinchi o‘rinda ser Pol Makkartni rafiqasi Nensi Shevell bilan turibdi (730 mln funt sterling). Undan keyingi o‘rinlarni bastakor Endryu Lloyd Uebber (650 mln funt sterling) va U2 guruhi (431 mln funt sterling) egallagan.
AdelBritaniyalik Qo‘shiqchiEng Boy Qo‘shiqchilarMusiqiy SohaOne DirectionPol Makkartni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar