
O‘zbek teatr va kino san’atining taniqli ijodkori, iqtidorli aktrisa, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova shifoxonaga tushdi. Bu haqda aktrisaning qiziga tayanib, «Qalampir.uz» xabar berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Xoliqova 22 yanvar kuni tobi qochgani bois Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaga olib ketilgan. Shifokorlarning tashxisiga ko‘ra, Muqaddas Xoliqova ikkinchi bor yurak xurujini boshidan kechirgan va zudlik bilan shifoxonaning jonlashtirish bo‘limiga joylashtirilgan.
Muqaddas Xoliqova 2013 yilda ham yurak xurujiga chalingan edi. Davo choralari ko‘rilgach, aktrisa yana ishiga qaytdi. O‘zbek milliy akademik drama teatrining eng ko‘zga ko‘ringan aktrisalaridan sanalgan Muqaddas Xoliqovaning hozirgi ahvoli haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar