29 234
Davron Kabulov “Million”ning konsertida ishtirok etmasligi bilan bog‘liq savollarga javob berdi
Avvalroq, “Million” jamoasi aprel oyida “Istiqlol” san’at saroyida navbatdagi konsert dasturini taqdim etishi haqida xabar bergan edik.
Jamoaning yangi konsert dasturi haqida ma’lumot beruvchi afishalar ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqaldiyu ko‘plab savollar tug‘ila boshladi. Bunga sabab esa afishada jamoa a’zolaridan biri Davron Kabulovning yo‘qligi bo‘ldi. Ustiga-ustak Kabulov Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga konsert afishasini joylashtirib, “Nima bo‘lganda ham biz bir jamoamiz”, deya izoh qoldirdi. Bu orada esa “Million”ning galdagi konsert dasturi Davron Kabulovsiz bo‘ladi, qabilidagi gap-so‘zlar tarqaldi.
Qalampir.uz nashri bu vaziyatga oydinlik kiritish uchun Davron Kabulov bilan bog‘langan.
Davron Kabulov: “To‘g‘risini aytsam, hozirgacha shaxsan o‘zim ham konsertda ishtirok eta olamanmi yoki yo‘qmi, aniq bilmayman. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor. Ayni vaqtda konsertda ishtirok etishim masalasi ko‘rib chiqilyapti. Albatta, bu vaziyat ijobiy natija bilan hal bo‘lishini xohlar edim. Buni vaqt ko‘rsatadi”, deydi suhbatda.
Ikki yarim yillik tanaffusdan so‘ng, 2016 yil sentyabr oyida konsert taqdim etgan “Million” jamoasi hazillari doimo tanqidga uchragan. So‘nggi konsert atrofida tarqalgan gap-so‘zlar, tanqidlar hali tin olganicha yo‘q va albatta bu shov-shuvlar markazida doimgidek Davron Kabulov bo‘ldi. Konsert davomida xonanda Kaniza bilan uyushtirilgan hazil sabab qo‘shiqchi va boshlovchi o‘rtasida nizo kelib chiqqanidan xabaringiz bor. Bu haqiqatan nizomidi yoki shunchaki navbatdagi piar, bunisi bizga qorong‘u. Murosa yakuni qanday yakunlangani noaniq.
Navbatdagi konsertda Davron Kabulovning ishtirok eta olmasligi sabablari ana shu voqea bilan bog‘liqdir, balki... Yoki bu jamoaning konsert oldidan ko‘targan navbatdagi shov-shuvimi? Ko‘ramiz, vaqt buniga qanday izoh berarkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi