Garri Potter haqidagi filmlarda mister Ollivander roli bilan tanilgan britaniyalik aktyor Jon Xyort 77 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda «Daryo». Uning vafoti sababiga aniqlik kiritilmayapti.
2015 yilda Xyortda oshqozonosti bezi saratoni aniqlangan edi. O‘sha yiliyoq aktyor saratonni muvaffaqiyatli tarzda engganini ma’lum qilgan edi.
Aktyor «Tungi ekspress», «1984», «Fil odam», «Kontakt», «Xellboy», «Xellboy 2», «Barcha eshiklarni ochuvchi kalit», «V — vendetta demakdir», «Indiana Jons va billur bosh suyak qirolligi» hamda Garri Potter haqidagi filmlar seriyasida rol ijro etib tanilgan.
Aktyor ikki marta «Oskar» mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, u «Oltin globus» va BAFTA mukofotlari sovrindoridir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi