
Rolling Stone jurnali 2025 yilgi eng yaxshi filmlar reytingini eʼlon qildi. Birinchi o‘rinni „Jang ortidan jang“ dramasi egalladi. Filmda Leonardo Di Kaprio, Shon Penn, Cheyz Infiniti, Benisio del Toro va Teyyana Teylor kabi mashhur aktyorlar bosh rollarni ijro etadi. Filmda kuchli dramalar, hissiyotlar va jang sahnalari mukammal tarzda tasvirlangan.
Ikkinchi o‘rinda „Hemnet“ filmi joylashdi. Filmda Uilyam Shekspirning o‘g‘lidan ajralib qolishi va uning hayotidagi fojiali voqealar tasvirlangan. Film ssenariysi Meggi O‘Farrellning romani asosida yozilgan va Pol Meskal hamda Jessi Bakli asosiy rollarni ijro etadi.
Yetakchi uchlikni „Qora jomadon — ikkiyoqlama o‘yin“ detektivi yakunladi. Stiven Soderberg tomonidan suratga olingan filmda bosh rollarda Keyt Blanshett va Maykl Fassbender bor. Er-xotin josuslar obrazi filmning asosiy markazida joylashgan.
Eng yaxshi filmlar o‘ntaligiga «Poyezdlarning tushlari», «Yangi to‘lqin», «Oddiy tasodif», «Inkor etish uslubi», «Meni kechir», «Qoyilmaqom Marti» va «Sentimental qadriyat» filmlari kirdi.
Ikkinchi o‘nlikda esa «Piter Hujar kuni», «Eddington», «Universal til», «Hammaga baxt», «Oruell: 2+2=5», «Qanday qilib qirg‘ovulga aylanish mumkin», «Finikiya sxemasi», «Romantiklar avlodi», «Frankenshteyn» va “Qurollar” filmlari joy oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.