23:06 / 28.01.2017
8 227

Rayhon va Shohruhxon qarama-qarshiligi qanday yakun topadi?

Rayhon va Shohruhxon qarama-qarshiligi qanday yakun topadi?

O‘zbek estradasida keskin raqobat muhiti yuzaga kelgani sir emas albatta. Chunki, musiqa maydonidagi xonandalar o‘rtasida turli tortishuvlar muxlislar diqqat e’tiborida turadi, deydi "Vodiymedia".

Fevral oyining asosiy voqeasi sifatida estradaning yorqin yulduzlari Shohruhxon va Rayhonning “Istiqlol” san’at saroyidagi konsertini e’tirof etish mumkin. Faqat shu o‘rinda bir haqli savol tug‘iladi: Kimning shousi ko‘proq shov-shuv bo‘ladi va muxlislar e’tiborini tortadi?

Bunga albatta konsertdan so‘ng javob topamiz. Shohruhxonning konserti 11-13 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Rayhonning shousi esa bunga ulanib ketadi. Rayhon konsertga juda jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

U bir qator yangi taronalarni muxlislariga tuhfa etishni rejalashtirgan. Ular orasida rus tilida kuylanadigan “Ne pobeleet proshlogodniy sneg” nomli taronasini yangilik deyish mumkin. Rayhon aynan uning to‘la matnini Instagramdagi akkauntida qoldirib, muxlislari o‘rtasida muhokama boshlanishiga zamin yaratdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Rayhon va Shohruhxon qarama-qarshiligi qanday yakun topadi?