O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov baxor kelar kelmas viloyatga naq 300 askardan qo‘shin tortib chiqib ketmoqda, deb yozmoqda Sayyod.com. "Mendirman" qo‘shig‘iga u judayam katta loyixa tayyorlagan va qo‘shiq nomi "Mendirman" bo‘lsa klip nomi Jaloliddin Manguberdi !
Albom va qo‘shiqlar bilan xalqning ma’naviy saviyasini ko‘tarib san’atga munosib xissa qo‘shishga bel bog‘lagan Ozodbekning Boburdan to Lutfiygacha bo‘lgan yuki og‘iru ma’naviyati yuksak bo‘layotgan ijod maxsulotlaridan xabardorsiz. Endilikda u bu borada audio vizualizasiyadan tasviriy ta’sirga o‘tmoqda.
Ozodbek boshlagan ish nomi oddiy klip tushunchasida bo‘lsada unga tayyorlanayotgan ishlar katta bir tarixiy filmiga bo‘layotgandek. Tasavvur qiling naq 300 askar! Qiziq, Ozodbekni o‘zi klipda Jaloliddin timsolida gavdalanarmikan yoki yo‘qmi xozircha sir.
Ozodbek Nazarbekov:-Xozirda barcha kuchni shunga sarflayapmiz, tipajlar, kostyumlar, jixozlar..., xullas tarixiy klip olishga tayyorgarlik avjida.
Xabarlarga ko‘ra ushbu klip Jizzaxda suratga olinishi kutilmoqda. Kuzatamiz va Ozodbekdan kamida "300 spartansev" filmiga o‘zbekona ijodiy zarbasini kutamiz! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi