date

Universal ayol Shahzoda Muhammedova haqida 7 ta fakt

Universal ayol Shahzoda Muhammedova haqida 7 ta fakt

Mehribon ona, sevimli turmush o‘rtoq va lider ayol Shahzoda Muhammedova haqida 7 ta qiziqarli fakt:

1. Shahzoda Muhammedova 1991 yil 15 aprelda Toshkentda, o‘ziga to‘q, tadbirkor va huquqshunoslar oilasida tug‘ilgan.

2. Aktrisa va dizayner oilada yagona qiz farzand bo‘lishiga qaramay, bolalikdan ma’lum cheklovlar ta’sirida ulg‘aygan.

3. “Tundan tonggacha” kinosidagi roli uchun Madina Mumtoz, Dilnoza Kubayeva va Sevinch Mo‘minova bilan kastingga qatnashgan. Kasting jarayoni 3 oy davom etgan. Dastlab Shahzoda roldan umid uzgan bo‘lsa-da, oxir-oqibat ushbu rol unga nasib etgan.

4. Otasi erta olamdan o‘tgan. “Otam vafot etganida men 13 yoshda edim. U mudhish avtohalokatga uchragan. Shundan keyin bir muddat davolandi, ammo davolanish samara bermay, bu olamni tark etdi. Otam tadbirkor va prokuror bo‘lgan. Ayrimlar avtohalokat atayin uyushtirilgan, deyishadi”, — deydi aktrisa o‘z so‘zida.

5. Aktrisa asli Qashqadaryolik tadbirkor Marat Hamdamov bilan oila qurgan. Hozirda ularning ikki nafar farzandi bor: qizi Milana va o‘g‘li Dinislom.

6. Tadbirkor va aktrisaning shov-shuvli to‘yi taxminan 65 ming AQSh dollariga tushganligi haqida gapiriladi.

7. Turmush o‘rtog‘i Shahzodaning ko‘proq boshlovchi bo‘lishini xohlashini aytgan. “Oxirgi paytlarda rol ijro etishimni umuman xohlamaydi. Buning sababi aktyorlardan qizg‘anadi. Juda rashki inson”, — deydi u o‘z intervyularidan birida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Universal ayol Shahzoda Muhammedova haqida 7 ta fakt