
Bollivudning afsonaviy jufti Shohrux Xon va Kajol kinoklassika sanalgan “O‘g‘irlanmagan kelin” filmining 30 yilligi munosabati bilan Londonda o‘rnatilgan bronza haykal ochilishida ishtirok etdi. “Leicester Square” maydoniga qo‘yilgan haykalda filmda kino tarixiga kirgan Raj va Simranning mashhur raqs sahnasi aks etgan.
Mazkur yo‘lak ilgari ham bir qator mashhur kinolar qahramonlariga — “Garri Potter”, “Meri Poppins”, “Paddington sarguzashtlari” kabi loyihalarga bag‘ishlangan haykallar bilan to‘ldirilgan edi.
Tantanali tadbirda “Yash Raj Films” kompaniyasi rahbari Akshay Vidhani hamda “Heart of London Business Alliance” tashkiloti bosh ijrochi direktori Ros Morgan ham qatnashdi.
Marosimda so‘z olgan Shohrux Xon “O‘g‘irlanmagan kelin” uning shaxsiyatida alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.
“Bu film yurakdan chiqqan. Biz samimiy muhabbat va uning yo‘lida to‘siqlarni qanday yengib o‘tish haqida hikoya qilishni istaganmiz. Filmning 30 yildan beri sevilib tomosha qilinayotgani ham shundan”, — dedi u.
Kajol esa bu damni “tariximiz yana bir bor jonlandi” deb baholadi va film avlodlar alohida mehr bilan tomosha qilinayotganini qayd etdi.
“Leicester Square” film uchun ramziy nuqta hisoblanadi. Chunki “O‘g‘irlanmagan kelin”ning dastlabki kadrlaridan birida Raj va Simran aynan shu yerda bir-birini yo‘qotib qo‘ygan va yo‘llari kesishgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.