
Hollivudlik aktyor Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari: O‘liklar ertak so‘ylamaydi” yangi filmining treylerida paydo bo‘ldi. Rolik Amerika milliy futbol ligasi mavsumi final uchrashuvi – Superboul vaqtida ko‘rsatilgan. U, shuningdek, Disney Movie Trailers’ning YouTube’dagi sahifasida ham taqdim etildi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Depp yana kapitan Jek Chumchuq timsolida paydo bo‘ladi. U etakchisi kapital Salazar (Xaver Bardem) bo‘lgan arvoh-qaroqchilarga qarshi kurashadi. Treylerda voqealar rivoji Jonni Keshning Ain't No Grave qo‘shig‘i sadolari ostida yuz beradi.
Kartinada, shuningdek, Jeffri Rash, Orlando Blum, Kaya Skodelario, Stiven Grem, Brenton Tueytslar rol ijro etgan.
Film Amerikada 2017 yilning 26 may kuni keng omma e’tiboriga havola etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar