date
views 19 698

​Nilufar Usmonova: “O‘g‘illarim onasining baxtli ayol ekanligini ko‘rib uylg‘aymoqda”

​Nilufar Usmonova: “O‘g‘illarim onasining baxtli ayol ekanligini ko‘rib uylg‘aymoqda”

Xonanda Nilufar Usmonova “Darakchi” gazetasining “Uchrashuv” sahifasi mehmoni bo‘ldi. Ayni damda to‘rtinchi bor onalik baxtiga erishish arafasida turgan xonanda ijodi va shaxsiy hayoti borasidagi ko‘plab savollarga javob berdi.

“O‘g‘illarim hozir aqlini tanigan, voyaga etganida, «onam vaqtini biz bilan o‘tkazardi», deb eslab yurishadi. O‘zim o‘g‘illarimning yoshida bo‘lgan paytimni eslayman, har bir voqea kinotasmasidek ko‘z oldimda qolgan. Bor e’tiborimni o‘g‘illarimga qaratishimning yana bir sababi, ko‘zim yorigach, chaqaloq bilan ovora bo‘lib qolaman. Farzandlarimning qaytarib bo‘lmas onlaridan zavqlanib yashagim kelyapti. Ulg‘ayishganida keyin istasam ham ularning vaqtini topolmayman. O‘g‘illarim onasining baxtli ayol ekanini ko‘rib ulg‘ayayotganidan xursandman. Onaning baxtini ko‘rmay ulg‘aygan o‘g‘illar ertaga rafiqasini qanday baxtli qiladi? Bu jihatlarni ham unutmaslik kerak!”,—deydi Nilufar Usmonova.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Nilufar Usmonova: “O‘g‘illarim onasining baxtli ayol ekanligini ko‘rib uylg‘aymoqda”