13:37 / 12.02.2017
9 707

MY5 telekanalida Nasiba Maqsudova xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etiladi

MY5 telekanalida Nasiba Maqsudova xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etiladi

MY5 telekanalida taniqli suxandon va jurnalist Nasiba Maqsudova xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etiladi. Bu haqda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Muslimbek Yo‘ldoshev Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.

«Mening yurtim» kanali tashabbusi bilan Nasiba Maqsudova xotirasiga ko‘rsatuv uyushtirildi. Eng samimiy, yurakdagi so‘zlar aytildi. Kimlar bilib-bilmagan fazilatu xislatlari ochildi. Aziz muxlislar, «Mening yurtim» kanalini kuzatib boring. Ulgurilsa 12, bo‘lmasa 13 fevral kuni oqshom ko‘rsatuvlar dasturida namoyish etiladi.

Muslimbek Yo‘ldoshev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi


Eslatib o‘tamiz, Nasiba Maqsudova 8 fevral, chorshanba kuni 68 yoshida yurak xurujidan vafot etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » MY5 telekanalida Nasiba Maqsudova xotirasiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv namoyish etiladi