
Taniqli diktor, “MY5” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Diydor shirin” ko‘rsatuvi muallifi va boshlovchisi Nasiba Maqsudova 8 fevraldan 9 fevralga o‘tar kechasi 68 yoshida olamdan ko‘z yumdi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Xabar qilishlaricha, shifokorlar salomatligi tiklanayotgan Nasiba Maqsudovaga muolajalarni uy shoiritida davom ettirishga ruxsat berishgan. Bir necha kundan buyon uyida davolanayotgan teleboshlovchi Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi shifoxonasiga olib kelingan. Ko‘p o‘tmay uning ahvoli og‘irlashib, joni uzilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Nasiba Maqsudova 1948 yilda tavallud topgan. Uzoq yillar O‘zbekiston milliy tederadiokompaniyasida faoliyat yuritgan. Uning so‘nggi 10 yillikdagi faoliyati xususiy telekanallar bilan bog‘landi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Nasiba Maqsudovaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildiramiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar