17:19 / 19.02.2017
10 979

Jahongir Otajonov matbuot anjumanini jonli ijroda o‘tkazdi (Video)

Jahongir Otajonov matbuot anjumanini jonli ijroda o‘tkazdi (Video)

17 fevral kuni Yoshlar ijod saroyida xonanda Jahongir Otajonov joriy yilning 11-12-13 mart kunlari “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tadigan yangi konsert dasturi oldidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazdi, deb xabar qiladi Darakchi nashri.

Xonandaning bu galgi matbuot anjumani avvalgilaridan o‘zgacha tarzda o‘tdi. Jahongir Otajonov jurnalistlar bilan savol-javobga o‘tishdan oldin ularni jonli ijrodan bahramand qildi.

Xonanda nafaqat tadbir avvalida, balki jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ham kuylab savollarga javob topishga harakat qildi.

Kichik konsertdan so‘ng xonanda muxlislarining turli mavzudagi savollariga javob qaytardi. Keskin savollar va shunga mos javoblar, xullas hammasi Jahongir Otajonovga xos.

Xonandaning ma’lum qilishicha, bu galgi konsertda asosan muxlislari qalbidan joy olgan taronalari kuylanadi.

Darvoqe, nima sababdan xonanda konsertini aynan “Turkiston” saroyida berishga qaror qildi. Bu haqda biroz keyin, bizni kuzating.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Jahongir Otajonov matbuot anjumanini jonli ijroda o‘tkazdi (Video)