«La-La Lend» filmi qo‘lga kiritilgan mukofotlar bo‘yicha rekord o‘rnata olmagan bo‘lsa-da, bir yo‘la oltita mukofotga sazovor bo‘ldi, deb yozadi «Daryo» nashri. Shu jumladan, Demen Shazell eng yaxshi rejissyor, Emma Stoun esa eng yaxshi aktrisa, filmda yangragan «City of Stars» qo‘shig‘i eng yaxshi qo‘shiq deb tan olindi.
Marosim so‘ngida akademiklar adashib, «La-La Lend»ni «Eng yaxshi film» nominasiyasida ham g‘olib deb e’lon qildi, ammo keyinroq bu «shunchaki hazil» bo‘lganini aytib, «Oy shu’lasi»ni eng yaxshi film deb e’tirof etishdi.
G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:
Eng yaxshi rejissyor — Demen Shazell («La-La Lend»)
Eng yaxshi film — «Oy shu’lasi»
Eng yaxshi aktyor — Keysi Afflek («Dengiz bo‘yidagi Manchester»)
Eng yaxshi aktrisa — Emma Stoun («La-La Lend»)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa — Viola Devis («To‘siqlar»)
Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor — Maxershala Ali («Oy shu’lasi»)
Eng yaxshi original ssenariy — «Dengiz bo‘yidagi Manchester»
Eng yaxshi adaptasiya qilingan ssenariy — «Oy shu’lasi»
Eng yaxshi animasion film — «Hayvonlar shahri»
Eng yaxshi hujjatli film — «O.Jey: Amerikada qilingan»
Eng yaxshi liboslar — «Fantastik maxluqlar va ular yashaydigan joy»
Eng yaxshi postanovkachi rassom ishi — «La-La Lend»
Eng yaxshi grim — «Qotillar jamoasi»
Eng yaxshi montaj — «Vijdon amri bilan»
Eng yaxshi ovoz montaji — «Vijdon amri bilan»
Eng yaxshi ovoz — «Etib kelish»
Eng yaxshi operatorlik ishi — Linus Sandgren («La-La Lend»)
Eng yaxshi vizual effektlar — «Changalzor kitobi»
Eng yaxshi qisqa metrajli animasion film — «Qum qushi»
Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film — «Oq dubulg‘alar»
Eng yaxshi qisqa metrajli film — «Kuyla»
Chet tilidagi eng yaxshi film — «Kommivoyajer»
Eng yaxshi qo‘shiq — Emma Stoun va Rayan Gosling, «City of Stars»
Eng yaxshi original saundtrek — Jastin Gurvis («La-La Lend). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi