Mashhur Muhammad “Oy va Quyosh” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etadi (video)

Mashhur Muhammad “Oy va Quyosh” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etadi (video)
Qisqacha

Xonanda Mashhur Muhammad tez orada “Oy va Quyosh” nomli yangi qo‘shig‘ini taqdim etadi. U taronani hazrati Mir Alisher Navoiy ruboiysiga mazmunan yaqin fikrlarni uyg‘unlashtirib yaratganini ma’lum qildi. Qo‘shiq bobosi Ma’murjon hoji ota va buvisi Hikmatxon hoji onaning porloq xotirasiga bag‘ishlangan. Muxlislar taronadan e’lon qilingan parchani iliq kutib olib, xonandaga ezgu tilaklar bildirishmoqda.

Xonanda Mashhur Muhammad Instagram sahifasi orqali muxlislariga tez orada yana bir yangi qo‘shig‘i taqdim etilishini ma’lum qildi. Yangi tarona “Oy va Quyosh” deb nomlanadi.

San’atkor ushbu qo‘shiqdan parchani e’lon qilar ekan, video ostida quyidagi samimiy izohni qoldirdi:

“Bismillahir Rohmanir Rohiym!

Kechagina tavallud ayyomlari keng nishonlangan bobokalonimiz, hazrati Mir Alisher Navoiy qalamiga mansub bir ruboiy bolaligimdan menga juda yoqar edi. Shu bois, unga mazmunan yaqin va mushtarak fikrlarni uyg‘unlashtirib, qo‘shiq shakliga keltirishga jazm qildim.

Ijod mahsulimiz muhtaram tinglovchilarimizni, musiqa va she’riyat ixlosmandlarini, ayniqsa, jonkuyar va mehribon ota-onalarimizni xushnud etsa, demak, biz o‘z maqsadimizga yetgan bo‘lamiz.

Ota-onasi hayot bo‘lganlarga uzoq umr tilayman. O‘tganlarni esa Alloh rahmatiga olsin.

Ushbu qo‘shiqni hayotimda o‘chmas iz qoldirgan insonlar — bobom Ma’murjon hoji ota va buvim Hikmatxon hoji onaning porloq xotirasiga bag‘ishlayman.”

Qayd etilishicha, muxlislar yangi taronadan taqdim etilgan parchani iliq kutib olib, xonandaga samimiy va ezgu tilaklarga boy izohlar qoldirishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar