
Avvalroq, xonanda Nilufar Usmonova homilador ekani haqida xabar bergan edik. Xonanda bugun, 7 mart kuni qiz farzandli bo‘ldi. Bu haqda Qalampir.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Nilufar Usmonova Toshkent pediatriya tibbiyot instituti tug‘ruqxonasida to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirdi.
Xonandaning uch pahlavon o‘g‘li bor. U ko‘p yillar qiz farzandli bo‘lishni niyat qilgandi. So‘nggi bor kuylagan “Dadasining qizi” nomli qo‘shig‘i ham qiz farzand kutayotganiga ishora bo‘lgandi.
Ma’lum qilishlaricha, chaqaloq jarrohlik operasiyasi yo‘li bilan dunyoga keltirilgan. Chaqaloqning og‘irligi 3 kgdan yuqoriligi aytilmoqda. Ayni damda onaning ham, bolaning ham salomatligi yaxshi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Nilufar Usmonovani farzandli bo‘lgani bilan muborakbod etib, ona va bolaga mustahkam sog‘lik tilab qolamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar