Imrondan muxlislarga sovg‘a: “Lolamsan” ertaga premyera

Xonanda Imron muxlislari uchun navbatdagi yangi ijod mahsuloti — "Lolamsan" nomli qo‘shig‘ini taqdim etishini ma'lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, qo‘shiqning rasmiy premyerasi ertaga — 14 fevral kuni YouTube platformasida soat 18:00 da bo‘lib o‘tadi.
Tarona matni shoir Tohir Muhammad qalamiga mansub bo‘lib, musiqasi va ijrosi to‘liq Imron tomonidan yaratilgan.
Shuningdek, “Lolamsan” qo‘shig‘i uchun suratga olingan klipda bir qator taniqli ijodkorlar ishtirok etgan. Jumladan, klip obrazlarini Mehriddin Rahmatov, Nargiza Abdullayeva, Shahzod Sultonov, Sevila Xudoyberganova, Ma'rufxon Muhammedov, Sardor Zokirov va Farruh Mirzayev jonlantirgan.
Xonandaning ijodiy sahifalarida ushbu qo‘shiq haqida e’lon qilingan xabar qisqa fursat ichida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muxlislar izohlarda yangi taronani katta qiziqish va intiqlik bilan kutayotganini, “Lolamsan” Imron ijodidagi navbatdagi ta’sirli qo‘shiqlardan biri bo‘lishiga ishonayotganini bildirishmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!