Yulduz Rajabova to'yida Adiz Rajabovni ko’rib ko’z yoshlarini to'xtata olmadi

Yulduz Rajabova to'yida Adiz Rajabovni ko’rib ko’z yoshlarini to'xtata olmadi
Qisqacha

Aktrisa Yulduz Rajabovaning to'y marosimida aktyor Adiz Rajabovning gullar bilan kirib kelib uni tabriklagani ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi. Ushbu hayajonli lahzada o'z tuyg'ularini yashira olmagan Yulduz Rajabova ko'z yoshlarini to'xtata olmadi. Adiz Rajabov o'z sahifasida aktrisaga iliq tilaklar bildirib, uning Emre bilan mustahkam oila qurishini tiladi. Shuningdek, aktyor muxlislarni yoshlar haqqiga duo qilishga chaqirdi.

Aktrisa Yulduz Rajabovaning to‘yidan tarqalgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Ayniqsa, aktyor Adiz Rajabov bilan bog‘liq hayajonli lahzalar muxlislar e’tiborini tortdi.

Tarqalgan videolarda Adiz Rajabov to‘y marosimiga gullar bilan kirib kelib, Yulduz Rajabovani samimiy tabriklagani aks etgan. Shu paytda aktrisa his-tuyg‘ularini yashira olmay, ko‘z yosh to‘kkan.

Adiz Rajabov o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida ham Yulduz Rajabovaga iliq tilaklar bildirib post qoldirdi. “MashaAllah! Yulduz singiljonim! Baxtli bo‘lgin! Emre bilan bir-biringizni tushunib chiroyli va mustahkam oila quring! Baxtingizni asrang!” — deb yozgan aktyor.

Yulduz Rajabova to'yida Adiz Rajabovni ko’rib ko’z yoshlarini to'xtata olmadi

U, shuningdek, muxlislarni ham yoshlar haqqiga duo qilishga chaqirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda esa foydalanuvchilar Yulduz Rajabova va Emre Kiviljim juftligiga baxt va uzoq umr tilamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar