Namanganda Sevinch Mo‘minova chiqishida kutilmagan vaziyat yuz berdi

Namanganda Sevinch Mo‘minova chiqishida kutilmagan vaziyat yuz berdi

Namanganda xonanda Sevinch Mo‘minova ishtirokidagi konsert davomida kutilmagan texnik nosozlik yuz berdi. Sahnada ijro etilayotgan qo‘shiq paytida musiqa tizimi birdan ishdan chiqib, musiqa to‘xtab qoldi.

Noqulay vaziyatda qolgan xonanda ijroni to‘xtatmasdan, qo‘shiqni jonli tarzda davom ettirishga harakat qildi. Bu paytda muxlislar ham vaziyatni to‘g‘ri tushunib, xonandani yolg‘iz qoldirmadi.

Tomoshabinlar uning ijrosiga qo‘shilib, qo‘shiqni birgalikda kuylashdi. Natijada kutilmagan texnik nosozlik konsert muhitini buzibgina qolmay, aksincha, yanada jonli va unutilmas lahzalarga aylantirdi.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda ham keng tarqalib, muxlislar va foydalanuvchilar tomonidan iliq munosabatlarga sabab bo‘lmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar