Turkiyada shov-shuv: «Muhtasham yuz yil» yulduzi politsiyaga olib ketildi

Turkiyada shov-shuv: «Muhtasham yuz yil» yulduzi politsiyaga olib ketildi

Turkiyaning Istanbul shahrida 11 iyun kuni kino va shou-biznes vakillari orasida giyohvand moddalarni iste’mol qilish, saqlash hamda tarqatish holatlari yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida yirik maxsus operatsiya o‘tkazildi. Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, operatsiya davomida jami 22 nafar shaxs qo‘lga olingan. Ular orasida Turkiyaning mashhur pop xonandalaridan biri Kenan Dog‘ulu hamda “Taqiqlangan muhabbat”, “Fotmagulning aybi nima?”, “Muhtasham yuz yil” va “Ko‘sem saltanati” seriallaridagi rollari bilan tanilgan aktrisa Beren Saat ham bor.

Shuningdek, “Oyna ortidagi qiz” va “Qo‘riqchi farishta” seriallari orqali mashhurlikka erishgan aktyor Yenis Arikan, bloger va didjey Kerimjan Durmaz ham politsiya bo‘limiga olib ketilgan.

Qayd etilishicha, Turkiyada keyingi oylar davomida giyohvandlikka qarshi keng ko‘lamli reydlar muntazam tashkil etilmoqda. Avval ham o‘nlab shaxslar, jumladan taniqli aktyorlar, telejurnalistlar va blogerlar qo‘lga olingani xabar qilingan.

Shu bilan birga, 2026 yil fevral oyida Istanbul sudi Bosfor sohilida joylashgan besh yulduzli “Bebek” mehmonxonasini xatlovga olgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur mehmonxonada mahalliy elita vakillari ishtirokida giyohvand moddalar iste’mol qilingan bazmlar o‘tkazib kelingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar