Bibisora Assaubayevaga O‘zbekiston nomidan musobaqalarda qatnashish taklif qilindi

Qozog'istonlik grossmeyster Bibisora Assaubayeva xalqaro turnirlarga tayyorgarlik ko'rish uchun mablag' yetishmayotganini bildirib, mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga murojaat qildi. Shundan so'ng sportchining moliyaviy muammolari shaxmat jamoatchiligida keng muhokama qilina boshladi. Xususan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unga O'zbekiston nomidan musobaqalarda qatnashishni taklif etishdi.
Qozog‘istonlik grossmeyster Bibisora Assaubayevaning moliyaviy muammolar yuzasidan Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga murojaat qilgani shaxmat jamoatchiligida keng muhokama qilinmoqda.
Assaubayeva xalqaro turnirlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun mablag‘ yetishmayotganini bildirgan. Uning aytishicha, Norway Chess turniriga tayyorgarlik xarajatlari asosan shaxsiy mablag‘i va ota-onasi yordami hisobidan qoplangan.
Ushbu holatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ayrim foydalanuvchilar unga O‘zbekiston terma jamoasi safida qatnashishni taklif qilmoqda. Izohlarda “Sizni O‘zbekiston terma jamoasiga taklif qilamiz” kabi fikrlar yozilmoqda.































Izohlar 0
…