Ahad Qayumni eng ko‘p boyitgan filmi qaysi?

Taniqli shoir, ssenarist va kinoprodyuser Ahad Qayum o‘z faoliyati davomida eng katta daromad keltirgan filmi haqida so‘zlab berdi.
Uning aytishicha, filmlari orasida eng yuqori tijoriy muvaffaqiyatga erishtirgan loyihalaridan biri "Ayol makri" filmi va u tomoshabinlar tomonidan iliq qarshi olingan. Ahad Qayum mazkur filmi nafaqat moliyaviy jihatdan, balki muxlislar e’tirofi nuqtayi nazaridan ham alohida o‘rin tutishini ta’kidladi.
San’atkorning so‘zlariga ko‘ra, filmning muvaffaqiyatiga qiziqarli ssenariy, kuchli aktyorlik tarkibi va tomoshabinlar talabini to‘g‘ri his qilish omil bo‘lgan. Shuningdek, u kino sohasida har bir loyihaning natijasi oldindan kafolatlanmasligi, ammo mehnat va to‘g‘ri yondashuv yaxshi samara berishini qayd etdi.





























Izohlar 0
…