Feruza Normatova haqida fitna tarqatgan feyk akkaunt egasi topildi

Feruza Normatova haqida fitna tarqatgan feyk akkaunt egasi topildi

Taniqli san’atkor Feruza Normatova ijtimoiy tarmoqlarda uning oilasi haqida asossiz ma’lumotlar tarqatayotgan shaxs aniqlanganini ma’lum qildi.

Xonandaning aytishicha, Instagram orqali turli tuhmat va fitnalar tarqatayotgan feyk akkaunt egasini huquqni muhofaza qiluvchi organlar qisqa vaqt ichida topishga muvaffaq bo‘lgan.

Feruza Normatovaning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv natijasida akkaunt ortida ikki nafar farzandi bor, ajrashgan ayol turgani ma’lum bo‘lgan.

“Unga: 'Bu mening oilam bo‘lsa, sizda nima haq bor edi bunday gaplarni tarqatishga?' deb savol berdim. Ko‘pchilik feyk akkaunt ochsam, meni hech kim topolmaydi, deb o‘ylaydi. Aslida esa bunday emas”, — dedi xonanda.

Uning ta’kidlashicha, ichki ishlar organlari xodimlari murojaatdan so‘ng tezkor chora ko‘rib, akkaunt egasining shaxsini aniqlashgan.

Feruza Normatova mazkur holatni misol qilib keltirar ekan, ijtimoiy tarmoqlarda soxta sahifa ortiga yashirinib, boshqalarning sha’ni va oilasiga daxl qiluvchi ma’lumotlar tarqatishning oqibati bo‘lishi mumkinligini eslatdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar