Shahzod Sultonov nikoh oldidan yaqinlariga to‘y oshi berdi (video)

Taniqli aktyor Shahzod Sultonov hayotidagi muhim voqealardan biri — nikoh tantanasiga tayyorgarlikni boshladi. San’atkor uylanishi munosabati bilan yaqinlari, do‘stlari va qadrdonlarini bir dasturxon atrofiga jamlab, osh marosimi o‘tkazdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalardan ko‘rinishicha, tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan. Marosimda aktyorning yaqinlari, hamkasblari va do‘stlari ishtirok etib, unga ezgu tilaklar bildirishgan.
Ma’lumki, Shahzod Sultonov so‘nggi vaqtlarda shaxsiy hayoti bilan bog‘liq yangiliklari orqali muxlislar e’tiborini tortmoqda. Yaqinda u bo‘lajak turmush o‘rtog‘i haqida ham iliq fikrlar bildirib, to‘yga tayyorgarlik jarayonlari boshlanganini ma’lum qilgan edi.





























Izohlar 0
…