Turk seriallari yulduzi hayotdan ko‘z yumdi

Turk seriallari yulduzi hayotdan ko‘z yumdi

Bugun, 15 iyun kuni “Qizil sharbat” va “Oila” seriallari orqali mashhur bo‘lgan 35 yoshli turkiyalik aktrisa Eje Irtem vafot etdi. Bu haqda oila advokatiga tayanib, “Sözcü” nashri xabar berdi.

Advokat ma’lumotiga ko‘ra, kecha — 14 iyun kuni aktrisa o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlagan. Taxminlarga ko‘ra, u yurak xuruji oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Ayolning onasi uning yonida bo‘lgan, ammo qizini qutqarib qolish imkoni bo‘lmagan. Aktrisaning aniq o‘lim sababi tibbiy ekspertiza natijalaridan so‘ng ma’lum qilinadi.

Qayd etilishicha, Eje Irtem vafoti haqidagi xabar tarqalgandan keyin ijtimoiy tarmoqlarda uning o‘limiga giyohvand moddalar sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida turli taxminlar muhokama qilina boshlagan. Yil boshidan buyon Turkiyada giyohvandlikka qarshi keng ko‘lamli reydlar o‘tkazilib, ular doirasida bir qator mashhur shaxslar ham qo‘lga olingan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar