Durdona Qurbonova terma jamoaga qo‘llov videosi bilan chiqdi (video)

Aktrisa Durdona Qurbonova Instagram sahifasida O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan maxsus video e'lon qildi. Videoda aktrisa yuzining bir tomoniga yurak shaklida O‘zbekiston bayrog‘i chizib, milliy bayrog‘imizni hilpiratgan holda futbolchilarimizning maydondagi harakatlarini ifodalagan. Mazkur rolik ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar e'tiborini tortib, iliq kutib olindi va kuzatuvchilar tomonidan yuqori baholandi.
Aktrisa Durdona Qurbonova Instagram sahifasiga O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilariga bag‘ishlangan maxsus video joyladi.
U mashhur qo‘llov qo‘shig‘i ostida suratga olingan videoni joylab, unga:
“Sizlar biz uchun eng zo‘risizlar. Olg‘a, O‘zbekiston!” — deya yozib qoldirdi.
Videoda aktrisa yuzining bir tomoniga yurak shaklida chizilgan O‘zbekiston bayrog‘i bilan chiqib, qo‘lida milliy bayrog‘imizni hilpiratgan holda futbolchilarimizni birma-bir tilga oladi va ularning maydondagi harakatlarini ifodalaydi.
Mazkur video qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortib, ijtimoiy tarmoqlarda iliq kutib olindi. Izohlarda kuzatuvchilar rolikni yuqori baholab, aktrisaga minnatdorchilik bildirgan holda terma jamoamizga omad tilashmoqda.
Ayni paytda ko‘plab ijodkorlar ham O‘zbekiston futbolchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida turli qo‘shiqlar kuylab, ijodiy videolar tayyorlamoqda. Bu esa xalqimizning jamoamizga bo‘lgan ishonchi va mehrini yana bir bor namoyon etmoqda.






























Izohlar 0
…