Aziz Rametov nega ommadan yordam so‘ragandi? Rafiqasi haqiqatni ochiqladi (video)

Aktyor Aziz Rametov bo'yin sinishi, umurtqa shikastlanishi va grija kabi jiddiy muammolar sababli uzoq vaqt davolanishga majbur bo'lgan. Uning rafiqasi Shahlo Rametova mutaxassislar aniq kafolat bermagani bois davolanish ishlari davom etayotganini va ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlar tarqalganini ma'lum qildi. Shuningdek, u masofa sabab insonning qadri bilinishi hamda ajrashaman deb o'ylagan paytlari bo'lganidan afsuslanishini tan oldi.
Aktyor Aziz Rametovning rafiqasi Shahlo Rametova intervyularidan birida turmush o‘rtog‘ining salomatligi va oilasi boshidan kechirayotgan sinovlar haqida samimiy fikr bildirdi.
Uning aytishicha, aktyor bo‘yin va umurtqa bilan bog‘liq jiddiy muammolar sabab ancha vaqt davomida davolanishga majbur bo‘lgan. Bo‘yin sinishi, umurtqa shikastlanishi hamda bir nechta grija xastaligi uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Shahlo Rametovaning ta’kidlashicha, operatsiya masalasi ham ko‘rib chiqilgan, biroq mutaxassislar tomonidan aniq kafolat berilmagani sababli hozircha davolanish ishlari davom ettirilmoqda.
Shuningdek, u ijtimoiy tarmoqlarda turmush o‘rtog‘i bilan bog‘liq ayrim noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalganini ham eslatib o‘tdi. Xususan, davolanish xarajatlari va yordam masalalari yuzasidan turli taxminlar bildirilgan.
Suhbat davomida Shahlo Rametova eng ta’sirli fikrlaridan birini ham aytdi.
“Masofa sabab oldilariga ko‘p bora olmaymiz. Shu paytda insonning qadri, o‘rni yanada bilinarkan. Ajrashaman deb o‘ylagan paytlarim bo‘lganidan afsuslanaman”, — dedi u.
Uning ushbu samimiy e’tirofi muxlislar orasida keng muhokama qilinib, ko‘plab insonlarning hamdardligi va qo‘llab-quvvatloviga sabab bo‘lmoqda.































Izohlar 0
…