Amerikalik dizayner kelin ko‘ylakni ikki million dollarga tikdi

Amerikalik dizayner kelin ko‘ylakni ikki million dollarga tikdi
Amerikalik dizayner Rim Akra (Reem Acra) narxi 2,1 million dollar bo‘lgan kelin ko‘ylakni tikdi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Mazkur kelin ko‘ylak an’anaviy oq rangli matodan tikilgan bo‘lib, og‘irligi 165 karat bo‘lgan qimmatbaho toshlar va Tiffany & Co zargarlik uyining qimmatbaho taqinchoqlari bilan bezatilgan. Nashr, bu to‘y libosi britaniyaliklar kiyim uchun sarflaydagan mablag‘dan 144 marotaba ko‘pligini ta’kidladi.
Amerikalik dizayner kelin ko‘ylakni ikki million dollarga tikdi
Rim Akra — asli kelib chiqishi livanlik bo‘lgan amerikalik dizaynerdir, uning shaxsiy brendi ham mavjud.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar