Rayhondan kutilmagan e’tirof: Yulduz Usmonova haqidagi fikrlari tarmoqlarda barchani qiziqishini uyg‘otdi

Rayhondan kutilmagan e’tirof: Yulduz Usmonova haqidagi fikrlari tarmoqlarda barchani qiziqishini uyg‘otdi

Xonanda Rayhonning O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga bildirgan samimiy tashakkuri ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Rayhon Instagram'dagi sahifasida estrada primadonnasiga nisbatan cheksiz hurmat va hayratini izhor etdi. Xonandaning ta’kidlashicha, ko‘pchilik Yulduz Usmonovaning sahna ortidagi ulkan mehnatidan bexabar.

“U hanuzgacha bir kun ham dam olmaydi. Har kuni repetitsiya qiladi, mashg‘ulotlarga qatnaydi va tinmay o‘z ustida ishlaydi. Bunday mehnatsevarlik bilan har qanday san’atkor ham maqtana olmaydi”, — deb yozdi Rayhon.

U Yulduz Usmonovani nafaqat buyuk professional, balki dono va boshqalarga ilhom beradigan inson sifatida ham ta’rifladi.

“Har safar u bilan suhbatlashganimda qalbim yorishadi. Unda Alloh ato etgan o‘zgacha bir nur bor va u shu nurni odamlarga ulashib yashaydi”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar