Vayner va instabloger Bobur Mansurov o‘g‘li Muhammad Yasinning 1 yoshini nishonladi

Aktyor va bloger Bobur Mansurov oilasida bayram bo‘ldi. Uning o‘g‘li Muhammad Yasin bir yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirga oilaning yaqinlari va bir qator san’atkorlar taklif qilindi.
Bayram kechasida Munisa Rizayeva va Jasur Umirov qo‘shiqlar ijro etdi. Tadbirdan olingan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda ham tarqaldi.
Bobur Mansurovning rafiqasi Fariza Oripovna o‘g‘lining bir yoshga kirishi munosabati bilan hissiyotlarga boy tabrik yozdi. U vaqt juda tez o‘tganini, Muhammad Yasin esa hayotida onalik hissini boshlab bergan farzand ekanini ta’kidladi.

"Bugun Muhammad Yasinim bir yoshga kirdi. Allohim uning umrini uzoq, tanini sog‘ qilsin. Yaxshi ishlar qiladigan, solih farzand bo‘lib ulg‘aysin", deya tilak bildirdi u.
Fariza Oripovna o‘g‘lining ismi bilan bog‘liq voqeani ham esladi. U homiladorlik vaqtida "Yasin" surasini ko‘p tinglagani va shu sabab bu ismni avvaldan ko‘ngliga tugib qo‘yganini aytdi.































Izohlar 0
…