Ali Otajonov to‘ydagi gonorari va boylik haqida gapirdi (video)

Ali Otajonov to‘ydagi gonorari va boylik haqida gapirdi (video)

Taniqli xonanda Ali Otajonov "Navo mehmonda" loyihasida mehmon bo‘lib, to‘ylardagi gonorari, boylik va mashhurlikka bo‘lgan munosabati haqida samimiy fikrlarini bildirdi.

Suhbat davomida boshlovchi xonandadan:

— "Samarqanddagi to‘yga birrovlik xizmat haqqingiz qancha?" — deya so‘radi.

Bunga Ali Otajonov:

— "Agar o‘sha hududning o‘zida bo‘lsak, 500 dollar. Agar Toshkentdan boradigan bo‘lsak, narx boshqacha bo‘ladi," — deya javob berdi.

Shundan so‘ng xonanda boylik va mashhurlik haqida o‘z hayotiy qarashlarini ham o‘rtoqlashdi.

— "Men boylikka hech qachon qiziqmaganman. Yoshligimdan hamma narsam yetarli bo‘lgan, hech narsaga muhtoj bo‘lib ulg‘aymaganman. Balki shuning uchundir, na mashhur yulduz bo‘lishni, na millionerga aylanishni maqsad qilganman. Chunki pul ba’zan insonni o‘zgartirib yuboradi. Menimcha, hayotning eng go‘zal tomoni — nimadir yetishmay turishida. Aynan shu insonni oldinga intilishga undaydi," — dedi san’atkor.

Xonandaning ushbu fikrlari ijtimoiy tarmoqlarda ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar uning hayotiy qarashlarini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar esa boylikning o‘zi emas, undan qanday foydalanish muhimligini ta’kidlab, o‘z fikrlarini izohlarda bildirib o‘tishdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar