
Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Kristina Orbakayte va teleboshlovchilar Andrey Malaxov hamda Alla Mixeevalar Toshkentda bo‘lishdi.
Rossiyalik taniqli shaxslar modaga oid yangi jurnal taqdimotida ishtirok etishdi.

“Kechki Toshkent! Havo issiq. Plyus 30...Yangi jurnal faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqdamiz”,—deb yozdi Andrey Malaxov o‘zining Instagram`dagi sahifasida.

Teleboshlovchi va aktrisa Alla Mixeeva ham o‘z navbatida o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Toshkent haqida taassurotlari bilan bo‘lishdi.

“Nima istasangiz shuni qiling, lekin hammasini uyimga olib ketaman. Toshkent, rahmat! Bir qarashdayoq sevgi! Iliq va mehmondo‘st qabul!”,—deb yozadi aktrisa.
Kristina Orbakayte esa Toshkent xalqaro aeroportida shpagatga o‘tirishga urindi. Mazkur holat aks etgan surat uning Instragram`dagi sahifasidan joy oldi.
Manba: Darakchi.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar