Toshkentdagi ayanchli YTH: YPX xodimi halok bo‘ldi

Toshkentdagi ayanchli YTH: YPX xodimi halok bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Onix avtomobili va bir nechta YPX patrul mototsikllari ishtirokidagi yo‘l-transport hodisasi aks etgan videolar keng tarqaldi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati mazkur hodisa oqibatida bir nafar YPX xodimi halok bo‘lganini rasman tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, 16 iyul kuni soat 18:30 lar atrofida Toshkent shahrining “Do‘rmon yo‘li” ko‘chasida xizmat vazifasini bajarayotgan uch nafar patrul mototsikli inspektori “G‘azalkent” ko‘chasidan chorrahaga kirib kelgan Onix rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida patrul mototsikllaridan birini boshqarayotgan YPX xodimi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyining o‘zida vafot etgan. Hodisaning tasvirlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Hozirda voqea joyida barcha zarur tergov harakatlari olib borilmoqda. Mutasaddilar hodisaning kelib chiqish sabablari, aybdorlik darajasi va boshqa tafsilotlarni aniqlash maqsadida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazayotganini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar