Madina Tojiboyeva 28 yoshni eng katta quvonch bilan qarshi oldi (video)

So‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning qizi Madina Tojiboyeva kecha, 19 iyul kuni 28 yoshni qarshi olganini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
U Instagram sahifasida tug‘ilgan kunidan surat ulashib, unga quyidagi samimiy izohni qoldirdi:
"19.07.26. Eng chiroyli, eng zo‘r tug‘ilgan kun bo‘ldi. Chunki 28 yoshni bolajonim bilan qarshi oldim. Alhamdulillah."
Eslatib o‘tamiz, Madina Tojiboyeva bundan ikki kun avval, 17 iyul kuni o‘g‘il farzandli bo‘lgan edi. Shu bois bu yilgi tug‘ilgan kun uning hayotidagi eng unutilmas va quvonchli sanalardan biriga aylandi.
Madinaning ushbu posti kuzatuvchilari tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda muxlislar uni nafaqat tug‘ilgan kuni, balki ilk bor ona bo‘lgani bilan ham samimiy tabriklab, o‘zi va farzandiga sihat-salomatlik, baxtli va fayzli hayot tilashdi.






























Izohlar 0
…