2016 yilning 23 may kuni taniqli teleboshlovchi, “Million” jamoasi a’zosi Davron Kabulov bo‘ydoqlik bilan xayrlashgan edi. U volidasining tavallud kuniga kelin sovg‘a qildi. Gap shundaki, oilada yakkayu yagona o‘g‘il farzand bo‘lgan Davron Kabulov to‘y kunini aynan onasining tug‘ilgan kuniga belgiladi.
23 may kuni ijtimoiy tarmoqlarga onasi bilan tushgan suratini joylashtirib, uni tavallud kuni bilan qutlagan Davron Kabulov ko‘p o‘tmay turmush o‘rtog‘iga dil izhorlarini yo‘lladi va uni ham turmush qurganiga bir yil to‘lishi bilan muborakbod etdi.
“E’zoz, rosa afsuslanayotgan bo‘lsang kerak, kayoqdan ham shu odamga erga tegdim, to‘yimizga 1 yil bo‘lganini ham bir o‘zim nishonlayapman deb... Sen tasavvur qilgan odamga qanchalik o‘xshadim bilmayman-ku, lekin men so‘raganimni Yaratgan berdi. Yaxshi hamrox bo‘latganingga, ota-onamning duosini birga olayotganingga, tarbiya qilgan buving, adajon, oyijoningga rahmat. “Seryozno” men yozyapman shuni – yiqilib tushma.... Yaxshi gap eshitib taltayma faqat. Ba’zilarni oilasiga o‘xshab juda-a-a unaqa “demokratichnыy” oila bo‘lmasak ham bir chiroyli yashayapmiz, hech qachon ko‘z tegmasin. Bitta shirin qiz, 4 ta o‘g‘il tug‘ib bersang keyin boshqasiga vaqtimiz ham bo‘lmaydi, Xudo xolasa. Nima bo‘lsa ham sog‘ bo‘lgin. Opalaringga aytt, to‘liq o‘qib berishsin (baribir etkazishadi, bilaman)”, deya turmush o‘rtog‘ini tabriklagan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?