Kecha, 2 iyun kuni “O‘zbekkonsert” DM majlislar zalida tanqidiy mazmunda yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Ushbu majlis davomida ustoz san’atkorlar ham sohaga oid tanqidiy fikr va takliflarini bildirdilar. Jumladan, O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov xonandalarning xalq mehrini suiiste’mol qilayotganini alohida ta’kidladi.
“Mustaqillikdan avval to‘yga boradigan san’atkorlarni “otarchilar” deb, na konsert zaliga va na davlat tadbirlariga aytilgan. Bugun barcha erkinliklar yaratilgan zamonda ba’zi ijodkorlar davlat xizmatini tashlab, o‘z manfaati yo‘lida to‘yga ketib qolishmoqda. Yoki biror tadbirga borganda “charchadim” deb o‘zlarini olib qochishlari, qo‘pol qilib aytganda, bu holatlar xalqning mehrini suiiste’mol qilish bilan teng”, dedi G‘ulomjon Yoqubov.
Majlisda san’atkorlarning sanoatkorlarga aylanib ketayotgani bot-bot takrorlandi.
“San’at olamida mutaxassislar etarli emas. Bundan tashqari, yoshlar ustozlarga nisbatan ba’zan oshkora hurmatsizlik qilishadi. Bu esa son oshib, sifat tushib ketishiga olib kelmoqda”, deya kuyunib ta’kidladi G‘ulomjon Yoqubov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi