“Jufti halolim”: Ulug‘bek Rahmatullayevning yangi klipi tez fursatda ommalashdi (video)

“Jufti halolim”: Ulug‘bek Rahmatullayevning yangi klipi tez fursatda ommalashdi (video)

Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayev “Jufti halolim” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim etdi. Klip 15 sentyabr kuni xonandaning YouTube kanalida namoyish etilgan.

Videoklip oradan besh kun o‘tgan bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida tomoshabinlar e’tiborini tortishga ulgurdi. Ayni paytda klip 600 mingdan ortiq marta tomosha qilingan. Shuningdek, video ostida 200 ga yaqin izoh qoldirilgan.

“Jufti halolim” taronasi tinglovchilar tomonidan iliq kutib olingan. Izohlarda muxlislar qo‘shiq va videoklip haqidagi ijobiy fikrlarini bildirib, xonandaga samimiy tilaklar yo‘llamoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar