Murod Nazarov qanday mashinada yurishini ma’lum qildi: "O‘zim mashina haydamayman" (video)

«Pulnews» ko‘rsatuvi boshlovchisi, bloger Jahongir Latipov bilan suhbatda taniqli tadbirkor Murod Nazarovga qaysi avtomobilda yurishi haqida savol berildi.
«Murod Nazarov qanaqa mashinada yuradilar?» deya so‘ralganida, tadbirkor so‘nggi paytlarda Chevrolet Tahoe avtomobilidan foydalanayotganini aytdi.
«Men oxirgi payt Tahoe'da yuribman. Amerikaga borib kelganimda u yerda katta mashinalarda yurisharkan. Menga yoqdi. Keng mashinada yurish endi qulayroq. Qo‘polroq, lekin o‘zim haydamayman. Oldin haydardim, yetti-sakkiz yildan beri o‘zim mashina haydamayman. Haydovchim bor, u bilan yuramiz», — dedi Murod Nazarov.
Shundan so‘ng undan nega aynan Tahoe'ni tanlagani, nega Gelandewagen yoki Rolls-Royce'da yurmasligi so‘raldi.
«Gelandewagen bor. Lekin uni kamdan-kam, haftada bir marta qayergadir shu g‘uborim chiqsa haydayman. O‘zim esa Tahoe'da yuraman. Ichi keng, mazza qilib orqada o‘tirib ketaman», — deya javob berdi tadbirkor.
Suhbatdan so‘ng ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham Murod Nazarovning tanloviga e’tibor qaratdi. Ayrim kuzatuvchilar tadbirkorga havas qilganini va o‘zlariga ham shunday avtomobillar nasib etishini tilagan.
Siz Murod Nazarovning o‘rnida bo‘lganingizda, qanday mashinada yurgan bo‘lardingiz? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.






























Izohlar 0
…