Jenevada «Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» filmining premyerasi o‘tkazildi

Jenevada «Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» filmining premyerasi o‘tkazildi
Jenevada Lola Karimova-Tillyaeva prodyuserlik qilgan “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Lola Karimova-Tillaeva o‘zining Facebook'dagi sahifasida xabar qildi, deb yozmoqda UZ24 sayti.

Film namoyishi “The Club des leaders” xalqaro jamiyatning Shveytsariyadagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi.
Jenevada «Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon» filmining premyerasi o‘tkazildi
"Ushbu kinolentani bugun e’tiboringizga havola etish men uchun katta sharaf. XV asrda, Mirzo Ulug‘bek hukmronlik qilgan davrda Samarqand astronomiya, matematika va geometriya sohalarida ilg‘or ilmiy tadqiqotlar xalqaro markaziga aylandi. Bu buyuk inson, yetuk olim va adolatli hukmdor shaxsi bolaligimdan meni o‘ziga maftun etgan edi. Uning hikoyasi zamondoshlarimiz e’tiboriga havola etilishi lozim," – deya ta’kidladi Lola Karimova-Tillyaeva filmning taqdimotida.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar