Amitabx Bachchan 84 yoshda! Afsonaviy aktyor tug‘ilgan kunida muxlislari bilan uchrashdi (video)

Amitabx Bachchan 84 yoshda! Afsonaviy aktyor tug‘ilgan kunida muxlislari bilan uchrashdi (video)

Hind kinosi afsonasi, mashhur aktyor Amitabx Bachchan 84 yoshni qarshiladi. U tug‘ilgan kuni munosabati bilan muxlislari bilan uchrashib, ularning samimiy tabriklarini qabul qildi.

Aktyorning tug‘ilgan kuni muxlislari uchun ham katta bayramga aylandi. Ular sevimli yulduzini qutlash, unga bo‘lgan mehr va hurmatini izhor etish uchun yig‘ilishdi. Amitabx Bachchan esa ko‘p yillardan buyon uni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan muxlislari bilan uchrashib, ularning e’tiboriga javob qaytardi.

Amitabx Bachchan Hindiston kino san’atining eng mashhur va hurmatli vakillaridan biri hisoblanadi. Uning ko‘plab filmlardagi rollari bir necha avlod tomoshabinlarining mehrini qozongan. Oradan yillar o‘tsa-da, aktyorning ijodi va shaxsiyatiga bo‘lgan qiziqish so‘nmayapti.

Ma’lumot uchun, Amitabh Bachchan 1942 yil 11 oktyabrda tug‘ilgan. U hind aktyori bo‘lib, „Vir va Zara“, „Ishonch“, „Shakti“, „Don“, „Maqsad“, „Inqilob“, „Ishonch“, „Gohi shodlik gohi g‘am“ kabi bir qancha filmlarda suratga tushgan. Ayniqsa, „Shahanshoh“ filmidagi Shahanshoh obrazi unga katta shuhrat keltirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar