«Qirolicha Sondok» yulduzi Ko Xyon Chon farzandlaridan ayro yashashi haqida gapirdi

Janubiy Koreyaning mashhur aktrisalaridan biri Ko Xyon Chon shaxsiy hayoti va farzandlari bilan munosabati haqidagi samimiy iqrori bilan muxlislar e’tiborini tortgan.
Aktrisa 1995 yilda Samsung asoschisining nabirasi, Shinsegae guruhi rahbari Chung Yong Jinga turmushga chiqqan. Juftlikning bir o‘g‘il va bir qizi bor. Biroq ular 2003 yil noyabrda, qariyb sakkiz yarim yillik turmushdan so‘ng ajrashishgan. O‘sha paytda farzandlarining vasiyligi otasiga berilgan.
Turmushga chiqqach, Ko Xyon Chon aktyorlik faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. 2005 yilda esa «Bahor kuni» seriali orqali ekranlarga qaytgan va keyinchalik «Qirolicha Sondok» kabi mashhur loyihalarda ishtirok etgan.

2024 yil 27 noyabrda tvN telekanalida namoyish etilgan «You Quiz on the Block» dasturida aktrisa farzandlari haqida gapirgan. Uning aytishicha, ko‘pchilik uning bolalarini ko‘rib turish-turmasligi bilan qiziqadi.
«Birga yashamaganimiz uchun ular bilan o‘zimni noqulay his qilardim. Bir-birimizga yaqin emasligimiz bunchalik og‘riqli bo‘lishini bilmagan ekanman», — degan aktrisa ko‘z yoshlarini tiyib tura olmay.
Ko Xyon Chon farzandlari bilan munosabatidagi bu masofa unga og‘ir botishini ham yashirmagan. Uning iqrori ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan.






























Izohlar 0
…