18:05 / 22.06.2017
7 296

Anjelina Joli hayotga qaytdi

Anjelina Joli hayotga qaytdi
Butunjahon qochoqlar kuni munosabati bilan Bred Pittning sobiq rafiqasi Anjelina Joli Nayrobi poytaxti Keniyaga tashrif buyurdi, deb yozadi Qalampir.uz.

Aktrisa Keniyaga ijtimoiy masalalar yuzasidan bordi. “Men bu erga yordamga muhtoj qizlarga jamoatchilik e’tiborini qaratish uchun keldim. BMT elchisi sifatida ayollar boshiga tushgan muammolarga ko‘z yummaslikka chaqirishni o‘z burchim deb bilaman. Biz ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini qayta uyg‘onishi uchun yordam berishimiz kerak, kelajakda farzandlarining bilimli bo‘lishlariga yordam berishimiz zarur”, deydi Joli.

Qayd etish lozimki, press-konferensiya davomida aktrisa avvalgidek ozg‘in va horg‘in emas. Insayderlarning aytishicha, Joli kun bo‘yi atrofdagilarga tabassum qilgan, go‘yoki u yana avvalgi hayotiga qaytgandek.

Gollivud yulduzi 2001 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining elchisi bo‘lib faoliyat yuritadi. Bu esa uning Keniyaga uchinchi tashrifidir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Anjelina Joli hayotga qaytdi