15:20 / 23.06.2017
7 617

«O‘zbekkonsert» xonandalarning qonuniy faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida reydlar o‘tkazadi

«O‘zbekkonsert» xonandalarning qonuniy faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida reydlar o‘tkazadi
«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi 2017 yilning 1 iyulidan boshlab, lisenziyaga ega xonandalar uchun bir qator yangiliklarni joriy etmoqda, deb yozadi «Darakchi.uz».

Xususan, ko‘plab taniqli xonandalar bugungi kungacha lisenziya to‘lovlarini to‘lamay yurishi holatlari kuzatilmoqda va ularga rasman qat’iy ogohlantirish ma’lum qilinib, 1 iyuldan boshlab Respublika bo‘ylab xonandalarning qonuniy faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida reydlar tashkil etiladi hamda lisenziyasiz faoliyat yuritayotganligi uchun qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

«Qonunda belgilangan tartibga muvofiq lisenziatlar(lisenziyaga ega xonandalar) yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi va daromad solig‘idan ozod etilgan, shuningdek soliq kodeksiga asosan ularga ijtimoiy majburiy sug‘urta to‘lovi belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunga kelib, san’atkorlarga shunchalik shart-sharoitlar, imtiyozlar (xususan daromad solig‘idan ozodligi ham) yaratilishiga qaramasdan ayrim xonandalar tomonidan shu ijtimoiy majburiy sug‘urta to‘lovlarini to‘lamaslik holatlari kuzatilmoqda. Joriy yilning 10 iyuliga qadar ushbu ijtimoiy majburiy sug‘urta to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortayotgan xonandalarning lisenziyalari bekor qilinishini ma’lum qilamiz va bu haqda ogohlantiramiz», — deydi «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi lisenziya bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov «Sayyod.com» nashriga bergan intervyusida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «O‘zbekkonsert» xonandalarning qonuniy faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida reydlar o‘tkazadi