
Rossiyalik mashhur xip-xop ijrochisi Egor Krid 25 iyun kuni 23 yoshni qarshi oldi. Unga rossiyalik taniqli telejurnalist va model Viktoriya Bonya haqiqiy yo‘lbars sovg‘a qildi.
Model yo‘lbarsni uning sharafiga Bonya deb atashni so‘radi, Egor esa bunga bajonidil rozi bo‘ldi. O‘zining yangi do‘sti bilan Egor Krid Moskvadagi restoranlardan biriga tashrif buyurdi.
Tug‘ilgan kun bazmida Egor o‘zining xit qo‘shiqlarini kuyladi va jurnalistlarga hozirda qalbi “bo‘sh” emasligini aytdi. Biroq, u qalbini zabt etgan insonning nomini oshkor etmadi.
Ayrim OAVlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Egor “Serebro” guruhi a’zosi Olga Seryabkinaga uylanmoqchi.
Yo‘lbarsga qaytadigan bo‘lsak, tug‘ilgan kun tadbiridan so‘ng Egor uni qaerga olib ketgani hali ma’lum emas. Kridning ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilari yo‘lbarsni hayvonot bog‘iga berishi kerakligini aytishyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar