“Sendan faxrlanaman!”- Javohir Sindarovning Bibisara Asaubayevaga yo‘llagan daldasi shov-shuvga sabab bo‘ldi!

Budapesht shahrida o‘tkazilayotgan “Total Chess” turnirida qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisara Asaubayeva norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvdan so‘ng o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov hamkasbining o‘yinini e’tirof etib, uni qo‘llab-quvvatladi.
Asaubayeva o‘zining Telegram kanalida Sindarovning unga yo‘llagan samimiy xabarini e’lon qildi. O‘zbekistonlik grossmeyster qozog‘istonlik shaxmatchining murakkab vaziyatdagi o‘yinidan hayratlanganini yashirmadi.
“Rostini aytsam, biz — do‘stlaring — sening imkoniyating qolmagan deb o‘ylagandik! Barakalla, sendan faxrlanaman. c5 va c6 yurishlari ketma-ketligi ajoyib chiqdi. Qoyilmaqom ish!” — deb yozgan Sindarov.
Ma’lum qilinishicha, Karlsen va Asaubayeva o‘rtasidagi bahs 17–18 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan. Har ikki kuni ham norvegiyalik shaxmatchi so‘nggi partiyani o‘ynashdan bosh tortgan. Natijada ushbu partiyalarda Asaubayevaga texnik g‘alaba berilgan.
Biroq ikki kunlik bahslarning umumiy natijasi bo‘yicha Karlsen ustunlikni saqlab qolgan va turnirning keyingi bosqichiga yo‘l olgan. Asaubayeva esa musobaqada 19-o‘rinni aniqlash uchun amerikalik shaxmatchi Endryu Xong bilan kuch sinashadi.
Shunga qaramay, qozog‘istonlik shaxmatchining Karlsenga qarshi ko‘rsatgan o‘yini va Sindarovning unga bildirgan e’tirofi muxlislar e’tiborini tortdi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…