Xamdam Sobirov Moskva va Sankt-Peterburgdagi konsertlari nega bekor bo‘lganini ma’lum qildi (foto)

Madaniyat1 daqiqa o'qish1
Xamdam Sobirov Moskva va Sankt-Peterburgdagi konsertlari nega bekor bo‘lganini ma’lum qildi (foto)

Xonanda Xamdam Sobirov Rossiyaning Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida 26 va 29 noyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlari bekor qilinganini ma’lum qildi. San’atkor bu haqda Instagram sahifasida e’lon qildi.

Xonandaning yozishicha, konsertlarning bekor qilinishiga tashkilotchi tomonidan kelishilgan shartlarning bajarilmagani sabab bo‘lgan. Jumladan, tashkilotchi zimmasidagi majburiyatlarni bajarmagan va san’atkorning gonorar pulini to‘lamagan.

Shu sababli 26 va 29 noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan konsert dasturlari o‘tkazilmaydigan bo‘lgan.

Xamdam Sobirov muxlislariga murojaat qilib, kelgusida yangi konsert dasturi bilan yana uchrashishga va’da berdi. U bu borada ishonchli tashkilotchilar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.

«Va’da beramanki, hali yangi konsert dasturim bilan sizlar uchun ishonchli tashkilotchilar bilan hamkorlik qilib boramiz. Sizlarni yaxshi ko‘ramiz, sizlar uchun doimo ijoddamiz!» — deb yozdi xonanda.

San’atkor, shuningdek, konsertlar bekor qilingani sabab muxlislaridan uzr so‘rab, ularning qo‘llab-quvvatlashi va mehrini qadrlashini bildirdi.

Xamdam Sobirovning konsertlari bekor qilingani haqidagi Instagram posti.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?