08:08 / 16.07.2017
7 272

Beyonse Billboard versiyasi bo‘yicha 2016 yilning eng ko‘p haq oladigan musiqachisi deb tan olindi

Beyonse Billboard versiyasi bo‘yicha 2016 yilning eng ko‘p haq oladigan musiqachisi deb tan olindi
Xonanda Beyonse Billboard jurnali versiyasi bo‘yicha 2016 yilning eng ko‘p haq oladigan musiqachilari reytingi boshiga keldi. Bu «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.

O‘tgan yil davomida u 62,1 million dollar ishlab topdi. Bu mablag‘ning 54,7 million dollarlik qismini unga yangi Lemonade albomini qo‘llab-quvvatlash uchun uyushtirilgan xalqaro turne keltirdi.

Reytingning ikkinchi o‘rnida Guns N’Roses guruhi turibdi. Shu paytgacha davom etayotgan tur tufayli musiqachilar hisobot davrida 42,3 million dollar ishladi. Bryus Springstin 100 ming dollarga kamroq pul ishladi (42,2 million dollar).

Kuchli o‘nlikka, shuningdek, reper Dreyk 37,3 million dollar), xonanda Adel (37 million dollar), Coldplay guruhi (32,3 million dollar), xonanda Jastin Biber (30,5 million dollar), reper Kane Uest (26,1 million dollar), shuningdek, ikki kantri ijrochisi — Lyuk Brayan (27,3 million dollar) va Kenni Chesni (25,4 million dollar) kirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Beyonse Billboard versiyasi bo‘yicha 2016 yilning eng ko‘p haq oladigan musiqachisi deb tan olindi